12:38 / 24.06.2021
13 211

Italiyada bir yevroga uy-joy sotib olish mumkin


Foto: © depositphotos
Italiyaning Abrutsso mintaqasidagi Pratola-Pelinya viloyatida uylarni bir yevro qiymatida sotish boshlandi. Bu haqda Idealista oldi-sotdi nashri ma’lum qilgan. Aholi punkti Adriatik dengizi va yirik chang‘i kurortlaridan 30 daqiqa uzoqlikda joylashgan.

Uylarni bunday arzon narhlarda sotishni viloyat rahbariyati tashlandiq uylarni qayta tiklash maqsadida uyushtirgan. Hammasi bo‘lib qishloqda 600 ga yaqin uy bo‘sh. Ushbu binolarning ko‘plab egalari uylar tashlandiq holatda bo‘lganligi sababli o‘z mulklaridan voz kechib ketishgan. Shuning uchun, ular uylarni ramziy qiymatda bir yevroga sotishga qaror qilishgan.

Ilk oldi-sotdi bitimlar iyul oyida imzolanishi ma’lum qilingan. Xaridorlar binoni uch yil ichida qayta tiklashlari kerak, shundan keyin ular binolardan turar joy yoki tijorat maqsadlarida foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada bir yevroga uy-joy sotib olish mumkin