18:20 / 24.06.2021
3 135

Afg‘oniston harbiylari beshta tumanni «Tolibon»dan ozod qildi


Foto: EPA
Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari «Tolibon» jangarilarini mamlakat shimolidagi bir nechta tumanlardan siqib chiqardi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Fevad Omonga tayanib, Reporterly 23 iyun kuni xabar berdi.

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolida «Tolibon»ga qarshi hujumni kuchaytirmoqda. Harbiylar beshta tumanni ozod qilishga va jangarilarning qarshi hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi — bir kunda 200 ga yaqin jangari yo‘q qilindi, yana yuzdan ortig‘i yarador qilindi.

Bundan tashqari, hukumat qo‘shinlarining hujumiga mahalliy aholi ham kelib qo‘shildi. Afg‘oniston viloyatlarida odamlar hukumat jangchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z-o‘zini mudofaa qilish otryadlarini tuzmoqda.

AQSH Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketmoqda, ayni paytgacha AQSH qo‘shinining yarmi mamlakatni tark etishga ulgurgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan Amerika harbiylarining Afg‘onistondan chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlar faqat foiz ko‘rinishida taqdim etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston harbiylari beshta tumanni «Tolibon»dan ozod qildi