Foto: «Rtvi.com»
London janubidagi Elefant end Kasl hududidagi metroda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda London o‘t o‘chiruvchilar jamoasi o‘zlarining Twitter akkauntida ma’lum qilishdi.
«Lenta.ru» bilan suhbatda o‘t o‘chiruvchilar jamoasi vakillari temir yo‘l arkalari ostidagi do‘konlar va yaqin atrofdagi bir nechta mashinalar yonayotganini tushuntirdilar. Ta’kidlanishicha, voqea joyida 100 ta o‘t o‘chiruvchi va 15 ta texnika ishlamoqda. Mahalliy aholidan uylaridan chiqmaslik hamda deraza va eshiklarni yopib qo‘yish so‘ralgan.
Yong‘in sabablari va jarohat olganlar soni hozircha noma’lum. Shu bilan birga, mahalliy politsiya allaqachon portlash terakt deb hisoblanmasligini aytgan.
Voqea joyidan olingan kadrlarni Twitter foydalanuvchilari joylashtirmoqdalar. Turli videolarda bekatdan qora tutun ko‘tarilayotgani aks etgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHda 9 yoshli bola millionerni uysiz deb o‘ylab, unga bor puli — 1 dollarini berdi
Yerni kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida suv toshqinlari oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Putin: Ikkinchi jahon urushi haqidagi haqiqatni buzib ko‘rsatishga urinishmoqda
Germaniyaning «Bayer» klubi 60 yillik rekordni yangiladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Xarkov viloyatida vaziyat sezilarli darajada og‘irlashdi”
Qon tomirlari uchun xavfli bo‘lgan 3 mahsulot