Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning jiyani - shahzoda Fahd bin Turki bin Abdulaziz harbiy sud tomonidan o‘lim jazosiga mahkum qilindi. U davlatga xiyonat qilishda aybdor deb topilgan.
Fors ko‘rfazi davlatlarini o‘rganish bo‘yicha Vashington instituti (Gulf Institute) ning shahzodaning yaqinlaridan biriga tayanib xabar berishicha, shahzoda Fahd podshoh Salmon va uning o‘g‘li – valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni taxtdan chetlatish maqsadida hukumatga qarshi to‘ntaruvni tashkillashtirishga aloqador deb hisoblanmoqda.
Avvalroq Yamandagi urushda Saudiya Arabistoni kuchlariga qo‘mondonlik qilgan shahzoda o‘g‘li Abdulaziz bilan birga 2020 yil sentabrda hibsga olingan.
Institut tomonidan so‘ralgan mutaxassislar shahzodaning hibsga olinishiga valiahd shahzoda Muhammad aloqador, deb hisoblashmoqda. Ta’kidlanishicha, valiahd shahzoda mamlakatda go‘yoki iqtisodiy vaziyat tobora yomonlashib borayotgani sababli shu yo‘l bilan shahzoda Fahd oilasini davlat g‘aznasini to‘ldirishga majbur qilmoqchi.
Bu Saudiya Arabistoni podshohlik oilasi bilan bog‘liq birinchi mojaro emas. Valiahd shahzoda Muhammad, shuningdek, shahzoda Mansur bin Mukrinning o‘limiga aloqador deb hisoblanadi. Shahzoda Mansur 2017 yilda baxtsiz hodisa oqibatida vertolyotda halokatga uchragan. Biroq norasmiy versiyaga ko‘ra, shahzoda Mansur valiahd shahzodaga ishlovchi va dissidentlarni bartaraf etishga javobgar “Yo‘lbars” (Tiger Squad) maxsus otryadi tomonidan yo‘q qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi