Foto: TIV / USAID
27 iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan AQSHga borgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 28 iyun kuni Abdulaziz Komilov AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer bilan uchrashgan.
O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Samanta Pauerni USAID rahbari lavozimiga tayinlangani bilan tabriklagan va faoliyatiga muvaffaqiyat tilagan.
Muzokaralar chog‘ida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamda Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolarni yechish borasida O‘zbekiston va USAID o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
Samanta Pauer O‘zbekistondagi islohotlar dasturini amalga oshirishda o‘sishga erishilayotganini olqishlagan hamda hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar taraqqiyot bo‘yicha maqsadlariga erishishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirgan.
USAID administratori «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi konferensiyaga taklif uchun minnatdorlik bildirgan va forum ishida o‘zining ishtirok etishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil oktabr oyida AQSH hukumati mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonda to‘laqonli missiya ochilishini e’lon qilgan edi. 2021 yil 10 iyunda Mikaela Meredit O‘zbekistondagi USAID missiyasining birinchi direktori vazifalarini bajarishga kirishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi