14:50 / 30.06.2021
2 152

Nyu-Yorkda Ilon Maskning haykali paydo bo‘ldi


Milliarder Ilon Mask kuni kecha o‘zining 50 yoshlik yubileyini nishonladi. Shu munosabat bilan Public ijtimoiy tarmog‘i Nyu-Yorkda Tesla rahbarining bronzadan ishlangan haykalini o‘rnatdi.

Public vakillari barcha xohlovchilarni haykalni tomosha qilishga chaqirdi, chunki u atigi besh kun turganidan so‘ng eBay auksioniga qo‘yiladi. Haykal sotuvidan tushgan pul investitsiya maktabiga xayriya qilinadi.

Ilon Mask SpaceX kompaniyasining asoschisi, bosh direktori va bosh injeneri, Tesla kompaniyasining bosh direktori hisoblanadi. Uning boyligi 165,9 mlrd dollarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda Ilon Maskning haykali paydo bo‘ldi