date

Meksika ko‘rfazida yonayotgan suvni qanday o‘chirishdi? (video)


Skrinshot
Meksika ko‘rfazida «Pemex» kompaniyasiga qarashli neft quvuri yorilishi oqibatida okean yuzasida ulkan yong‘in hosil bo‘ldi. Olovni o‘chirishga besh soatdan ko‘p vaqt ketdi, deya xabar berdi «Reuters» bugun, 3 iyul kuni.

Neft xavfsizligi muvofiqlashtiruvchisi (ASE) rahbari ushbu hodisa oqibatida neft sizmaganini ta’kidlagan. Biroq suv yuzasida yongan narsa nima ekaniga u oydinlik kiritmagan. Olov 78 metr chuqurlikkacha kirib borgan.

«Reuters» manbasiga ko‘ra, yashin va kuchli yomg‘irlardan ishlab turgan turbomashinalar zarar ko‘rgan. «Pemex» ishchilari okeandagi ulkan yong‘inni o‘chirishda azotdan foydalanishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Meksika ko‘rfazida yonayotgan suvni qanday o‘chirishdi? (video)