AQSHda qarish va jarohatlarning ba’zi nojo‘ya ta’sirlarini kamaytiruvchi tabletka ishlaab chiqildi. Ushbu vosita 2022 yilda harbiylarda sinovdan o‘tkaziladi. Sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, dori vositasi keng omma uchun ishlab chiqariladi.
AQSH harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni Tim Xokinsning ma’lum qilishicha, dorining xavfsizligi va dozasini aniqlash bo‘yicha dastlabki sinovlar yakunlandi. Uning ta’kidlashicha, tabletka insonga ta’sir ko‘rsata oladigan molekulaga asoslangan.
“Gap qo‘shinlarimizning jangovar tayyorligini yosh bilan bog‘liq holda pasayib boruvchi ko‘rsatkichlarni oshirish haqida bormoqda. Biz tabletka ko‘rinishidagi oziqaviy qo‘shimchalarni ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi klinik tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilmoqdamiz.
Ushbu tabletkalarni fuqarolik va harbiy maqsadlarda qo‘llash mumkin. Ularning ustunligi shundaki, ular inson unumdorligini oshiradi, misol uchun yuqori bardoshlik va jarohatlardan keyin tezroq tiklanishni ta’minlaydi”, deb aytgan Xokins.
Ma’lum qilinishicha, ushbu vosita yosh oshgani sari pasayib boruvchi NAD+ kofermenti darajasini oshiradi. Ushbu koferment darajasining pasayishi yosh bilan bog‘liq kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Immun tizimga turli xavflarga javob berish uchun energiya yetishmay qoladi. Buning oqibatida gormonal og‘ishish yuz beradi va surunkali toliqish paydo bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi