00:01 / 05.07.2021
2 974

Afg‘onistonda «Tolibon» bir kunda 13 ta tuman ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi


Foto: Anadolu Agency
«Tolibon» harakati jangarilari so‘nggi 24 soat ichida Afg‘onistonning 13 ta tumanini o‘z nazorati ostiga oldi. Bu haqda Pokiston OAVlariga tayanib «Interfaks» xabar bermoqda.

Bu «Tolibon» tomonidan bunday qisqa vaqt ichida qo‘lga olingan eng ko‘p sonli tumanlardir. Xususan, «Tolibon» a’zolari Badaxshon viloyatidagi to‘qqizta, Tohar viloyatidagi ikkita, Paktiyadagi bitta hamda Qandahor viloyatidagi yana bitta tuman ustidan nazorat o‘rnatdi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda «Tolibon» mamlakatdagi 370 ta tumanning 110 tasini nazorat qilmoqda.
O‘z navbatida, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, o‘tgan bir kecha-kunduzda mamlakatning to‘qqizta viloyatida olib borilgan janglar chog‘ida 224 nafar «Tolibon» jangarisi yo‘q qilingan. Vazirlik ular tomonidan qo‘lga olingan hududlarni qaytarib olishga va’da berdi.

AQSH va uning ittifoqdoshlari o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan 2021 yilning 11 sentabriga qadar olib chiqib ketishi kerak. Avvalroq Amerika harbiy xizmatchilari Bagram aviabazasini tark etgan edi. AQSHning ba’zi sheriklari allaqachon o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan chiqarib ketgan.

Qo‘shinlarning chiqarib ketilishi Afg‘onistonda «Tolibon» harakati isyonchilari faollashgan bir paytda amalga oshirilmoqda. May oyidan buyon ular katta ko‘lamli hujum operatsiyasini amalga oshirib, ko‘pincha hukumat kuchlarini siqib chiqarmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda «Tolibon» bir kunda 13 ta tuman ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi