Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat mudofaa vaziri Sherali Mirzoga tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash uchun 20 ming nafar harbiy xizmatchini safarbar qilish topshirig‘ini berdi. Xabar qilinishicha, Rahmon Tojikiston xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ana shunday topshiriq bergan.
«Afg‘oniston va Tojikiston chegarasida siyosiy vaziyat keskinlashganini e’tiborga olib, davlat rahbari xavfsizlik kengashi a’zolariga, kuch ishlatish tuzilmalari, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga davlat va tojik-afg‘on chegarasidagi millat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirig‘ini berdi», degan RIA Novosti agentligi suhbatdoshi.
Avvalroq 5 iyulga o‘tar kechasi «Tolibon» harakati jangarilari bilan janglardan so‘ng mingdan ortiq afg‘on harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgani xabar qilingandi.
Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, toliblar Badaxshon viloyatidagi Xoxon, Shikay, Nusay, Mohimay, Shugnon va Sulton Ishkashim tumanlarini to‘laligicha o‘z nazoratiga olgan. Afg‘oniston hukumatining 1037 nafar harbiy xizmatchisi Tojikiston hududiga chekinishga majbur bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi?
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi