AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp natsistlar sobiq rahbari Adolf Gitler haqida ijobiy fikr bildirdi, deb xabar bermoqda CNN. Telekanal Wall Street Journal jurnalisti Maykl Benderning hali nashr etilmagan «Biz saylovda g‘olib bo‘ldik: Tramp mag‘lubiyatining haqiqiy hikoyasi», kitobidan parchalar ham keltirib o‘tgan.
Benderga ko‘ra, Tramp 2018-yilda Parijga, Birinchi Jahon urushi tugagan kuniga bag‘ishlangan safari paytida o‘sha paytda Oq uy shtabining boshlig‘i bo‘lgan Jon Kelliga «Gitler juda ko‘p yaxshiliklar qilgan» deb aytgan. Jurnalist o‘z kitobida Gitler hukmronligi davrida Germaniya iqtisodiy yutuqlarga erishganini qo‘shimcha qilgan.
O‘z navbatida, Tramp Kelliniga Gitler haqida yuqorida keltirilgan so‘zlarni aytganligini rad etgan.
«Bu mutlaqo yolg‘on. Prezident Tramp hech qachon bunday demagan. Bu, ehtimol, qobiliyatsiz va ishdan bo‘shatilgan generalning (Kelli - tahr.) soxta xabaridir», — degan Trampning matbuot kotibi Liz Xarrington.
CNN shuningdek Trampning so‘zlari to‘g‘risida shaxsan Kelliga ham murojaat qilgan. Hozircha Oq uyning sobiq rahbari telekanal savollariga hech qanday izoh bermagan.
Eslatib o‘tamiz AQShning 46-prezidenti saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. Ularni demokratlar nomzodi, sobiq vitse-prezident Jo Bayden qo‘lga kiritdi. Respublikachi Tramp so‘nggi daqiqalarga qadar saylovlarda mag‘lubiyatini tan olmadi va Jo Baydenning inauguratsiyasida qatnashishdan bosh tortdi. Bunday hodisa Amerika tarixida so‘nggi 150 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi