Afg‘oniston qurolli kuchlari 14ta tumanni «Tolibon» harakati jangarilaridan qaytarib oldi. Bu haqda Ariana News telekanali mamlakat qurolli kuchlari matbuot kotibi Ajmal Umar Shinvariyga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, janglar davomida 2 mingdan ortiq jangari yo‘q qilingan, 1,4 ming nafari yaralangan.
Shinvariyning ma’lumot berishicha, armiya oxirgi haftada mamlakatning yetti viloyatida 278ta harbiy operatsiya o‘tkazgan. Ushbu muddat davomida «Tolibon» jangarilari 30dan ortiq terakt amalga oshirgan, 43 nafar tinch aholi vakili o‘ldirilgan, 170 kishi jarohatlangan.
Avvalroq Afg‘oniston mudofaa vaziri Bismillo Xon Muhammadiy mamlakatdagi urush hal qiluvchi pallaga kirganini aytgandi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, milliy xavfsizlik kuchlari mahalliy qarshilik harakatlarining qo‘llab-quvvatlashi yordamida aholini himoya qilish uchun bor kuchini ishga soladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi