12:40 / 10.07.2021
2 451

Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi


Foto: «TASS»
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2021 yilning 9 iyul kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili xabar qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Rossiya hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Rossiya tomonining «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi