2 577
Rossiyada chet elliklarga vaqtincha yashash ruxsatnomasi berishni bekor qilish taklif qilindi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya Ichki ishlar vazirligi chet elliklarning Rossiyaga kirish va qolish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritadigan qonun loyihasini tayyorladi va muhokama uchun taqdim etdi. Vazirlik, xususan, vaqtincha yashash ruxsatnomalaridan foydalanishni bekor qilishni taklif qilmoqda.
Qonun loyihasida chet elliklar uchun Rossiyada bo‘lishning uchta migratsiya rejimini joriy etish taklif etiladi:
- qisqa muddatli qolish rejimi — kalendar yil davomida 90 kundan ortiq bo‘lmagan;
- uzoq muddatli qolish rejimi — vaqtincha ruxsatnomasini olmasdan yil davomida 90 kundan ortiq;
- doimiy muddatsiz qolish rejimi.
Amaldagi qonunchilikka binoan Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar chet elliklarga hukumat kvotasi bo‘yicha uch yil muddatga beriladi. Bu Rossiya fuqaroligini olish uchun zarur bo‘lgan birinchi hujjat.
Shuningdek, vazirlik Rossiyaga chet elliklarni taklif qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini buzadigan jismoniy va yuridik shaxslarning reyestrini yaratish zarur deb hisoblaydi. Unga noqonuniy migratsiyani tashkil qilish, soxta migratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish, chet elliklarning kirishi uchun hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Bundan tashqari, reyestrda taklif qiluvchi tomonning majburiyatlarini bajarmagani yoki chet el fuqarosining yashash maqsadi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi