1 749
Gollivud yulduzi Rassel Krou 7 ming kishilik navbatda turib, koronavirusga qarshi emlandi

Foto: TASS
Amerikalik aktyor Rassel Krou koronavirusga qarshi emlanish uchun minglab kishidan iborat navbatda turdi. Bu haqda u o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib, vaksinaning birinchi dozasini olganini bildirgan. Ammo aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga oydinlik kiritmagan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
«Yakshanba kuni qanday o‘tkazdim? Birinchi dozani olish uchun 7000 nafar fuqarodan iborat navbatda turdim», — deb yozadi Krou.

Foto: Twitter / @Russel Crowe
57 yoshli Gollivud yulduzining so‘zlariga ko‘ra, u 11 iyul kuni vaksina olgan. Aktyor vaksinaning nojo‘ya ta’sirlari haqida hozircha hech narsa yozmagan.
Ma’lumot uchun, Rassel Krou «Gladiator», «Noy» «Rad etilganlar», «Ajoyib yigitlar» kabi filmlari orqali mashhurlikka erishgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida «Dedpul» yulduzi koronavirusga qarshi emlanib, 5G haqida hazil qilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar