22:30 / 14.07.2021
3 767

Afg‘oniston prezidenti 3 oy ichida toliblar ustidan g‘alaba qozonishga va’da berdi


Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani 3 oy ochida «Tolibon» harakati mag‘lub etilishiga va mamlakatdagi vaziyat o‘nglanishiga va’da berdi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar berdi.

«Mamlakatda xavfsizlik borasidagi vaziyat yaqin 3 oy ichida ancha yaxshilanadi. Toliblar mag‘lub etilib, ular egallab olgan hududlar qaytariladi», deb aytgan Afg‘oniston prezidenti.

G‘ani toliblar ustidan g‘alaba qozonish uchun milliy birdamlik zarurligini ta’kidlab o‘tgan.

Hozirda Afg‘onistonda hukumat qo‘shinlari va «Tolibon» jangarilari o‘rtasida janglar bormoqda. Toliblar AQSH qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqib ketilayotgani ortida faollashgan. Harakat Afg‘onistonning qishloq tumanlaridagi katta hududlarni egallab, hozirda yirik shaharlarga hujumga o‘tmoqda.

Ayni vaqtda amerikalik harbiylarning 95 foizdan ko‘prog‘i Afg‘onistonni tark etib bo‘ldi. Barcha qo‘shinni avgust oxirigacha olib chiqish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston prezidenti 3 oy ichida toliblar ustidan g‘alaba qozonishga va’da berdi