20:07 / 16.07.2021
1 013

Xitoy pandemiyaga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatga 3 mlrd dollar ajratadi

Xitoy pandemiyaga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatga 3 mlrd dollar ajratadi

Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumiga pandemiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy tiklanish fondini tashkil etishi uchun ham mablag‘ ajratadi.

Xitoy hukumati pandemiyaga qarshi kurashish va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishni tiklash uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga yaqin uch yil ichida 3 mlrd dollar mablag‘ ajratadi. Bu haqda XXR raisi Si Szinpin ma’lum qildi.

"Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarga 500 mln doza vaksina yetkazib berdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning pandemiyaga qarshi kurashishi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yordam berish uchun yaqin uch yilda 3 mlrd dollar ajratamiz", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Xitoy markaziy televideniyesi.

"Biz hamkorlik uchun birlashishimiz, qiyinchiliklarni birgalikda yengishimiz lozim", - dedi u.
Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi forumiga pandemiyaga qarshi kurashish va iqtisodiy tiklanish fondini tashkil etishi uchun ham mablag‘ ajratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Xitoy pandemiyaga qarshi kurashish uchun xalqaro hamjamiyatga 3 mlrd dollar ajratadi