Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Amerika hukumati bilan hamkorlik qilgan 2500 afg‘onistonlik va ularning oilalarini AQSHga ko‘chirishni rejalashtirgan. Bu haqda NBC News Oq uydagi manbalariga asoslanib, xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Vashington 10 ming afg‘onistonlikni AQSHning xorijdagi harbiy bazalariga yoki uchinchi mamlakatlarga yubormoqchi. Ular Qo‘shma Shtatlarga immigratsiya uchun topshirgan hujjatlari rasmiylashtirilgunga qadar o‘sha hududlarda bo‘lib turadi.
AQSH harbiylarini Afg‘onistondan olib chiqish boshlangandan buyon huquq himoyachilari Bayden ma’muriyatidan AQSH armiyasiga yordam bergan afg‘onlarni himoya qilish choralarini ko‘rishni talab qilib kelmoqda. Oq uyning rejalariga ko‘ra, qochqinlarning birinchi guruhi iyul oyi oxirida evakuatsiya qilinadi.
AQSH ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Amerika qo‘shinlariga yordam bergan, shu jumladan tarjimonlik qilgan 18 mingga yaqin afg‘onistonlik va yana ularning 53 ming oila a’zolari AQSHdan immigratsion viza olishga umid qilmoqda. Biroq bu juda uzoq jarayon, shuning uchun ularni evakuatsiya qilishga qaror qilingan.
Amerikalik huquq faollari va qonunchilar Bayden ma’muriyatini ushbu afg‘onlarni Tinch okeanidagi AQSHga qarashli Guam oroliga jo‘natishga chaqirmoqda. The New York Times gazetasi ilgari yozganidek, Afg‘oniston hududidan evakuatsiya qilish AQSH vizasini olish uchun berilgan arizalarni ko‘rib chiqish jarayonida imtiyoz bermaydi, shuningdek, agar arizalar rad etilsa, bu odamlar o‘z vataniga deportatsiya qilinmasligiga ham kafolat bermaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi