16:10 / 18.07.2021
2 162

Germaniyada mash’um toshqin qurbonlari soni 156 taga yetdi


Germaniyadagi kuchli toshqin qurbonlari soni 156 kishiga yetdi, deb xabar berdi Bild nashri. 
Koblens politsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Reynland-Pfalsda 110 kishi vafot etgan. Shimoliy Reyn-Vestfaliyadagi tabiiy ofat tufayli yana 45 kishi hayotdan ko‘z yumdi, bir kishi Bavariyaning Berxtesgaden mintaqasida halok bo‘ldi.

Germaniyada hafta boshidan beri «Bernd» sikloniga sabab bo‘lgan yomg‘irlar davom etmoqda. Asosiy zarba g‘arbiy va janubi-g‘arbiy mintaqalarga to‘g‘ri keldi, daryolar toshib, ko‘chalarni suv bosdi.

Reynland-Pfals va Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal shtatlarida ayniqsa vaziyat og‘ir bo‘lib turibdi. Tabiiy ofat ko‘priklar va yo‘llarning buzilishiga, elektr uzilishlarining uzilishiga olib keldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo