15:33 / 20.07.2021
2 571

Afg‘oniston poytaxtida prezident saroyi yaqinida uchta raketa portladi


Foto: AP Photo
Afg‘oniston poytaxti Kobulda Qurbon hayiti munosabati bilan namoz o‘qilayotgan vaqtda prezident saroyi yaqiniga uchta raketa kelib tushdi. Bu haqda TOLO News o‘z manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi «RBK».

Hayit namozida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ham qatnashgan. Portlashlardan keyin hayit namozi to‘xtatilgan.
Raketalar Kobulning shimol tomonidan uchirilgan. Ular shaharning prezident saroyiga yaqin joylashgan uchta tumaniga kelib tushgan.

Al-Arabiya xabariga ko‘ra, raketa zarbasi davlat rahbarining bayram nutqi oldidan berilgan. Ichki ishlar vazirligi hech kim jabrlanmaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu hayit bayrami chog‘ida Kobulning yashil hududiga (u yerda prezident saroyi va elchixona joylashgan) raketa zarbasi berilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2018 yilda prezidentning Qurbon hayiti munosabati bilan so‘zlagan nutqi chog‘ida bir nechta raketalar portlagan.

Ayni paytda Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlarining olib chiqilishi fonida mamlakatda hukumat va «Tolibon» o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygan.

Afg‘onistondan NATO qo‘shinlarini olib chiqish 29 aprelda boshlangan, AQSH va «Tolibon» o‘rtasida tuzilgan kelishuvga binoan jarayon kuzda yakunlanishi kerak. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Afg‘onistondagi harbiy kontingentining 90 foizdan ko‘prog‘ini olib chiqib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘oniston poytaxtida prezident saroyi yaqinida uchta raketa portladi