08:34 / 21.07.2021
8 987

Rossiya Afg‘oniston chegarasiga harbiy texnikasini joylashtirdi


Foto: Facebook
Rossiyaning Tojikiston hududidagi 201-harbiy bazasi tankchilari Lahur poligonidan Afg‘oniston bilan chegaradosh Harb maydon poligonigacha 200 kilometr yurish qildi.

Marsh davomida T-72 tanki ekipajlari ustunlarning jangovar muhofazasi, yerning shartli zararlantirilgan joylarini yengib o‘tish, sabotaj va razvedka guruhlari hujumi hamda «dushman»ning havo hujumlarini qaytarish masalalarini ishlab chiqdi.

«Hozirda qo‘shinlar konsentratsiyasi hududida harbiy xizmatchilar boshqaruv punktlarini joylashtirmoqda, o‘t ochish pozitsiyalariga muhandislik jihozlarini joylashtirish va texnikani maskirovka qilish bilan shug‘ullanmoqda», — deyiladi xabarda.

Rossiya tanklari poligonda 5—10 avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun yetib kelgan. Mashg‘ulotlarda Rossiya va Tojikiston harbiy xizmatchilaridan tashqari, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ham ishtirok etadi.
Mashg‘ulotlar Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashuvi fonida o‘tkazilmoqda.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi Igor Lyakin-Frolovning aytishicha, «zarur bo‘lsa, 201-baza afg‘on terrorchilik tashkilotlarining har qanday tajovuzkor harakatlarini qaytaradi».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Afg‘oniston chegarasiga harbiy texnikasini joylashtirdi