«Tolibon» Afg‘oniston chegaralarining 90 foizini nazoratga olganini e’lon qildi

«Tolibon» harakati vakili Zabiulla Mujohid Afg‘oniston chegaralarining 90 foiziga yaqini harakat nazorati ostida ekanligini aytdi. Bu haqida u RIA Novosti bilan suhbatda ma’lum qilgan.
«Afg‘onistonning Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron bilan jami 90 foizga yaqin chegaralari bizning nazoratimizdadir», dedi Mujohid.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat hududida qurolli harakatlar tobora kuchaymoqda. Hatto prezident qarorgohi yaqinida ham raketalar otilgani ma’lum bo‘lgan.
Avvalroq «Tolibon» harakati vakillari Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralariga hujum qilmaslikka va’da bergandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Afg‘onistonning Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron bilan jami 90 foizga yaqin chegaralari bizning nazoratimizdadir», dedi Mujohid.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat hududida qurolli harakatlar tobora kuchaymoqda. Hatto prezident qarorgohi yaqinida ham raketalar otilgani ma’lum bo‘lgan.
Avvalroq «Tolibon» harakati vakillari Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralariga hujum qilmaslikka va’da bergandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…