11:38 / 24.07.2021
2 131

Konor Makgregorning 3,5 mln dollarlik Lamborghini yaxtasi tayyor bo‘ldi


Amerikalik UFC jangchisi Dastin Pore bilan jangdan so‘ng qayta tiklanayotgan Konor Makgregorning Lamborghini Tecnomar 63 nomli yaxtasi tayyor bo‘ldi. Italiya markasining birinchi seriyali gibridi uslubidagi motorli yaxta — Sian FKP 37 — Makgregorning Los-Anjelesdagi uyiga yetkazib berilgan. 4000 ot kuchiga ega kater haqida u o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Lamborghini Tecnomar 63
Bu ommaga ma’lum qilingan Lamborghini Tecnomar 63’ning ikkinchi buyurtmasi hisoblanadi: birinchi kater iyun oxirlarida noma’lum xaridorga yetkazib berilganida suratga olingan edi. Makgregor «Dengiz superkari»ni 2020 yilning oktabrida oilasi bilan The Italian Sea Group shtab-kvartirasiga tashrif buyurganida buyurtma qilgan. Model jami 63 nusxada yaratiladi va bu tasodif emas: 1963 yilda Lamborghini markasiga asos solingan edi.

Makgregorga tegishli Tecnomar 63’ning aniq qiymati noma’lum, ammo kater narxi 3,5 million dollardan boshlanadi. Autoevolution nashri ma’lumotlariga ko‘ra, taniqli UFC jangchisi yaxtani qayta ishlashga 500 ming dollar sarflagan. Irlandiyalik korpusidagi botqoqsimon yashil rangdan tashqari yana nima buyurtma qilgani noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Konor Makgregorning 3,5 mln dollarlik Lamborghini yaxtasi tayyor bo‘ldi