Foto: «RIA Novosti»
Yaponiyaning «Sionogi» (Shionogi & Co) kompaniyasi koronavirus tabletkalarini odamlarda sinovdan o‘tkazishni boshladi, deb xabar bermoqda «Wall Street Journal» gazetasi.
«Sionogi» ijrochi direktori Isao Teshirogining so‘zlariga ko‘ra, kuniga bir mahal ichish kerak bo‘lgan dorilar nazariy jihatdan virusni besh kun ichida zararsizlantiradi. Preparat proteaz faolligini bosadi: bu ferment yordamida virus odam hujayralari ichida nusxa oladi.
Teshirogining ta’kidlashicha, kompaniya Yaponiyada o‘tkaziladigan sinovlarga 50 dan 100 tagacha sog‘lom odamni jalb qilishni rejalashtirmoqda. «Sionogi» shu yil oxirida platsebo nazorati ostida sinovni boshlashi kutilmoqda.
Nashrning yozishicha, sinovlar keyingi yilga qadar davom etadi. Sinab ko‘rilayotgan dorilar bemorlarni asoratlardan va shifoxonaga yotishdan saqlay olish-olmasligi hozircha noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?