1 874
AQSH jangarilar harakatlari tufayli Afg‘oniston osmonidan o‘tadigan parvozlarni chekladi
Foto: Reuters
AQSH Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi Amerika aviakompaniyalariga 8 kilometrdan kam balandlikda Afg‘oniston osmonidan uchib o‘tishni taqiqladi, deb yozadi «RBK».
Hujjatda aytilishicha, tashuvchilar «ekstremistlar/harbiy faollik tomonidan yaratilayotgan xavf hamda ushbu xavfni kamaytirish bo‘yicha cheklangan imkoniyatlar» tufayli Kobul havo hududida (u qariyb butun Afg‘onistonni qamrab oladi) 26 ming fut (taxminan 7,9 km)dan kam balandlikda parvozlarni amalga oshirmasligi kerak.
Bu Hamid Karzay nomli xalqaro aeroportdan uchib ketish va uchib kelishlarga tegishli emas. Shuningdek, zudlik bilan qaror qabul qilishni talab etadigan favqulodda vaziyatda kema komandiri bu ko‘rsatmaga amal qilmasligi mumkin, deyiladi hujjatda.
Avvalroq «Tolibon» hujumlarni to‘xtatmasa, AQSH ularga aviazarbalar berishda davom etishini ma’lum qilgan edi.
Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib chiqila boshlangandan so‘ng, «Tolibon» Kobul, Qandahor, Mozori-Sharif kabi shaharlarga qator yirik hujumlar uyushtirdi, ammo ularni qo‘lga kirita olmadi. O‘tgan hafta harakat vakillari mamlakat chegaralarining 90 foizini nazorat qilayotganini ma’lum qildi. BMTning ta’kidlashicha, «Tolibon» so‘nggi 20 yil ichidagi eng ko‘p hududlarni o‘z nazoratiga olgan.
To‘qnashuvlar natijasida nafaqat qochqinlar, balki chekinayotgan hukumat qo‘shinlari va jangarilar ham ommaviy ravishda qo‘shni Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston hududlariga kirib kela boshladi. Ushbu davlatlarning rasmiylari chegaralarni mustahkamladi. Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistondagi ziddiyatning avj olishini keskin qoraladi va tomonlarni muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi