3 076
Afg‘oniston mudofaa vazirligi toliblarga qarshi operatsiyalar boshlanishini ma’lum qildi
Yaqin vaqt ichida Afg‘oniston armiyasi “Tolibon” harakati egallab olgan hududlarni qaytarib olish bo‘yicha operatsiya boshlaydi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Bismilloh Xon Muhammadiy ma’lum qildi.
"Qarshi hujum qilish uchun kuchlarimizni tayyorladik va ular qator tumanlarni ozod qildi. Toliblar faollashdi, ammo hukumat kuchlariga qarshilik ko‘rsatolmadi. Yaqin vaqt ichida toliblar egallab olgan hududlarni qaytarib olish bo‘yicha operatsiyalar boshlanadi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tolo News telekanali.
Muhammadiy tez orada "Tolibon" jangarilari egallab olgan barcha tumanlar qaytarib olinishiga va’da berdi.
O‘z navbatida, Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib "Tolibon"ning vaqtinchalik muvaffaqiyati NATO qo‘shinlari olib chiqib ketilishi tufayli paydo bo‘lgan bo‘shliq oqibati ekanligini aytdi.
"Biz o‘z vaqtida qurol-yarog‘ yetkaza olmagan tumanlar boy berildi. Toliblar yaqinda charchaydi, bu esa ularni muzokaralarda muloqot boshlashga majbur qiladi", - dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi