19:23 / 31.07.2021
2 042

Ukraina MXK sobiq kotibi o‘z tug‘ilgan kunida «prezident odami»iga musht tushirdi


Danilyuk (ko‘k ko‘ylakda) va Milovanov.
Foto: FACEBOOK.COM/VIK.CHUMAK

Ukrainada SNBO (milliy xavfsizlik kengashi) sobiq kotibi Aleksandr Danilyuk va sobiq moliya vaziri, hozirda prezident ofisi rahbarining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Timofey Milovanov o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi.

Qizig‘i, ushbu janjal Danilyukning tug‘ilgan kuni sodir bo‘lgan.
«Ukrainskaya pravda» yozishicha, o‘sha kuni Milovanov va Danilyuk bir chetga o‘tib ancha gaplashib qolishgan. Oxiri tortishib ketishgan.

Shundan so‘ng Danilyuk Milovanovdan ketishni talab qilib, tug‘ilgan kundan haydalganini Yermakka (prezident ofisi rahbari) yetkazib qo‘yishni so‘ragan.

Bu orada Milovanov: «Esingdami, Yanukovich davrida qanday ishlaganing», deb yonib turgan olovga battar moy sepgan.
Bunga javoban SNBO sobiq rahbari: «Yaramas, men birinchi kunlardan Maydonda edim», deya baqirib maslahatchining yuziga musht tushirib yuborgan.

Kiyev kengashi deputati Dmitriy Belotserkoves va bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Viktor Trepak ularni ajratib qo‘yishgan.
Maslahatchining qoshi yorilgani aytilmoqda.

Janjalning asl sababi, aytilishicha, tanlov komissiyasi 29 iyul kuni Iqtisodiy xavfsizlik byurosi direktorligi uchun Danilyukning nomzodini qaytarib yuborganligida — Indiana universitetini tamomlagani to‘g‘risidagi diplomi o‘tmagan.

O‘sha komissiya rahbari Milovanov edi. Milovanovga ham oson emas, tanlovda naq 48 nomzod kurashyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina MXK sobiq kotibi o‘z tug‘ilgan kunida «prezident odami»iga musht tushirdi