Foto: «Global Look Press»
Xitoy sharqidagi Szyansu provinsiyasi poytaxti Nankinda 15 amaldor Nankin Lukou xalqaro aeroportida koronavirus tarqalishini to‘xtatib qololmagani, natijada infeksiya butun mamlakatga tarqalib ketgani uchun jazolandi. Bu haqda Global Times nashri xabar bermoqda.
Shu tariqa, aybdorlar orasida shahar rasmiylari, aeroport xodimlari va yuqori martabali amaldorlar bor. Bundan tashqari, shahar sog‘liqni saqlash komissiyasi boshlig‘i Fan Chjun’yu o‘z lavozimidan ozod etildi, deyiladi gazetada.
Shuningdek, Van Chao aeroportida zararlanishni nazorat qilish bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari ham hibsga olindi. Qayd etilishicha, u o‘z vazifalariga yetarlicha e’tibor bermagan, natijada katta moliyaviy yo‘qotishlar va COVID-19 tarqalishi tufayli jiddiy oqibatlarga olib kelgan.
O‘z navbatida, mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik foydalanuvchilar mansabdorlarga nisbatan qo‘llaniladigan choralarni ma’qulladilar. Biroq ular jazoning o‘z vaqtida bajarilmagani va bu masalada hokimiyatning o‘ta sustkashligini tanqid qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"