23:30 / 10.08.2021
5 042

Olimlar yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan mamlakatlar nomini aytishdi


Global isish oqibatida Tinch okeanidagi ayrim orol davlatlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu haqda BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi olimlari Guardian nashriga bergan intervyusida aytishdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mintaqadagi mamlakatlar uzoq vaqtdan buyon dengiz toshqinlari, siklonlar, davomli qurg‘oqchilik va grunt suvlarining sho‘rlanishidan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi sababli ko‘plab mamlakatlar suv ostida qolmoqda.

«Bu esa Kiribati, Vanuatu va Sulaymon orollarini yashash uchun yaroqsiz holga keltiradi», — dedi Greenpeace Australia Pacific tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Nikola Kazule.

Avvalroq iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq isib borayotganini ma’lum qilgandi.

Olimlarning hisobotida qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa 2040 yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi.

U holda issiq to‘lqinlar, shamollar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yong‘inlar yanada ko‘proq sodir bo‘la boshlaydi, muzliklar erib qulaydi. Ma’lumot berilishicha, 1900 yildan buyon dunyo okeani sathi 20 santimetrga ko‘tarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan mamlakatlar nomini aytishdi