Eron harbiy-havo kuchlari mamlakat chegaralarini har tomonlama himoyalashga to‘liq tayyor, mamlakat havo hududi doimiy nazorat va kuzatuv ostida qolmoqda. Bu haqda Eron harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Aziz Nosirzoda ma’lum qildi.
Nosirzodaning ushbu bayonoti Arabiston dengizida Mercer Street tankeriga hujum qilinishi bilan bog‘liq oxirgi voqealar ortida yangradi. Bir qator g‘arb davlatlari, jumladan Isroil bu hujumda Tehronni ayblamoqda.
Iyul oxirida Liberiya bayrog‘i ostida harakatlangan Mercer Street tankeri Arabiston dengizida hujumga uchragandi. Kemani boshqaruvchi Zodiac Maritime kompaniyasi isroillik tadbirkor Eyal Oferga tegishli. Hujum oqibatida kema ekipajining ikki a’zosi halok bo‘lgan.
Isroil, AQSH, Britaniya va “Katta yettilik”ka kiruvchi boshqa davlatlar kemaga hujumda Eronni ayblagan. Isroil ushbu hujum bilan bog‘liq holda BMT Xavfsizlik kengashidan Tehronga qarshi sanksiyalar kiritishni so‘ragan. Eron o‘ziga qo‘yilayayotgan ayblovlarni rad etib, ularni asossiz deb atamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"