23:50 / 11.08.2021
31 596

«Tolibon» 12 yoshli qizlarni jinsiy qullikka qabul qila boshlagan


Foto: Reuters
“Tolibon” harakati oʻz nazoratiga oʻtgan hududlarda oʻsmir qizlarni jinsiy qullik olmoqda.
«Daily Mail» nashrining yozishicha, “Tolibon” harakati qoʻmondonlari oʻz askarlarini uylantirish uchun qizlarni zoʻrlik bilan tortib olmoqda. Shu bois bosib olingan hududlarning oqsoqollaridan turmushga chiqmagan qizlar va ayollarning roʻyxatini talab qilingan. Oldin, yosh chegarasi 15 yoshdan 45 yoshgacha turmushga chiqmagan qizlarga taalluqli boʻlgan boʻlsa, endi 12 yoshli qizlar ham jinsiy qullikka olinmoqda.
Foto: Reuters
Shu bois koʻplab ayollar “Tolibon” harakati nazoratiga oʻtgan qishloqlardan qochib ketmoqda. Ismi oshkor qilinmagan 22 yoshli afgʻonistonlik jurnalist bunday aholi punktlaridan birini qanday tark etganini tasvirlab berdi. 

“Menejerim menga qoʻngʻiroq qildi va nomaʼlum raqamga javob bermaslikni soʻradi. U biz, ayniqsa ayollar, iloji boʻlsa yashirinib, shahardan qochishimiz kerakligini aytdi”, deydi u.
Foto: Reuters
Jurnalistning aytishicha, qochishdan oldin jurnalist yashagan shaharda barcha telefon liniyalari uzilgan. 
Bundan tashqari, “Tolibon” Afgʻoniston shimolidagi olis hududlar bosib olganidan soʻng yozma buyruq berib, qattiq islomiy tartibga qaytishni talab qilgan. Unga koʻra, endi erkaklarga soqolini oldirishi taqiqlangan, yoshlarga esa davlat bayrogʻi mavjud boʻlgan qizil va yashil ranglardagi kiyimlarni kiyishi taqiqlangan. Shuningdek, ayollarga uylaridan hamrohlarsiz chiqishga ruxsat berilmagan. 

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» 12 yoshli qizlarni jinsiy qullikka qabul qila boshlagan