3 029
«Yaqin bir oyda Kobul hukumati qulashi mumkin» — Afg‘oniston bo‘yicha xavotir bildirildi

Vashington «Tolibon» vakillari yaqin orada Kobulni egallashi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalarga asoslanib ma’lum qildi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon Afg‘oniston poytaxti yaqin 30-90 kun ichida «Tolibon» tomonidan bosib olinishidan xavotirga tushmoqda.
Ayni paytdagi vaziyat AQSH maxsus xizmatlari poytaxtni ishg‘ol qilish uchun yarim yil kerak, deya taxmin qilganidan «ancha yomon». «Hamma narsa noto‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda»,— deya xulosa qilgan manba.
Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» va AQSH vakillari o‘rtasida 2020 yilda tinchlik shartnomasi imzolangandi. Unga ko‘ra, AQSH harbiylari sentabrga qadar mamlakatni butunlay tark etadi.
1 maydan boshlab qo‘shinlarni respublikadan olib chiqa boshlagach, Afg‘onistondagi vaziyat yanada og‘irlashdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar