Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatdagi vaziyat va o‘z rejalari haqida afg‘on xalqiga video murojaatnoma yo‘lladi, deb xabar qilmoqda Sputnik.
“Men hozir barcha afg‘on xalqi xavotirda ekanini bilaman. Prezident sifatida shuni va’da beramanki, kelajakda zo‘ravonlikka, aholining u joydan bu joyga ko‘chishga majbur bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman.
Bugungi vaziyatda biz oqsoqollar bilan keng ko‘lamli maslahatlarni boshlaganmiz va yaqin vaqt ichida ularning natijalarini sizga ma’lum qilamiz. Hozir biz barcha kuchlarni xavfsizlikni oshirishga qaratganmiz.
Men "afg‘onlarga majburan bog‘lanayotgan" ushbu yangi urush yangi qurbonlar, vayronagarchiliklar olib kelishiga yo‘l qo‘ymanman. Biz so‘nggi 20 yil ichida erishilgan natijalar zoye ketishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, - dedi G‘ani.
Afg‘oniston prezidenti har doim o‘z xalqiga tinchlik, farovonlik istaganini va kelajakda ham shu yo‘alishda davom etishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Tolibon ayni damda Afg‘oniston shimolida va Qobul yaqinida bir necha viloyatlar markazlarini egallab olgan. Ular Afg‘onistonda hukumatni to‘liq o‘z qo‘llariga olishni istaydi, prezident Ashraf G‘ani bilan muzokaralar o‘tkazishni istamaydi va faqat uning iste’fosini talab qilishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi