Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyati markazi hisoblangan Jalolobod shahri rasmiylari bugun, 15 avgust kuni «Tolibon» jangarilariga jangsiz taslim bo‘lishdi.
«Reyters» agentligi xabariga ko‘ra, shaharda jang bo‘lmagan, gubernator tinch aholining hayotini saqlab qolish maqsadida tolibonlarga taslim bo‘lgan.
Turli ma’lumotlarga ko‘ra, tolibonlar Afg‘onistonning deyarli 90 foiz qismini egallab olgan. Faqatgina poytaxt Kobul hozircha ularning nazoratida emas.
Kecha Mozori Sharif shahri «Tolibon» nazoratiga o‘tgach, yuzlab askarlar O‘zbekitonga qochib o‘tgandi. Ungacha esa Hirot va Qandahor kabi yirik shaharlar ham ularning qo‘liga o‘tgandi.
Mamlakatdagi bunday siyosiy vaziyatni yaxshi tushunib turgan prezident Ashraf G‘ani kecha xalqqa murojaat qilib, bundan keyin qon to‘kilishi va vayrongarchilik bo‘lmasligini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi