«Tolibon» harakati Vardak viloyati markazi Maydonshahr shahrini ham bosib oldi. Bu shahar poytaxt Kobuldan 46 km. uzoqlikda joylashgan.
«Tolibon» vakili Zabihulla Mujohidning xabariga ko‘ra, jangarilar gubernator ma’muriyati, politsiya mahkamasi, shahardagi markaziy qamoqxonani egallashgan. Bundan tashqari, hukumat qurolli armiyasi ham tolibonlar nazoratiga o‘tgan.
Ayni paytda jangarilarning maqsadi Kobul bo‘lib turibdi. Poytaxtdagi AQSH elchixonasi xodimlari zudlik bilan shaharni tark etishmoqda.
Kecha Mozori Sharif shahri «Tolibon» nazoratiga o‘tgach, yuzlab askarlar O‘zbekitonga qochib o‘tgandi. Ungacha esa Hirot va Qandahor kabi yirik shaharlar ham ularning qo‘liga o‘tgandi.
Mamlakatdagi bunday siyosiy vaziyatni yaxshi tushunib turgan prezident Ashraf G‘ani kecha xalqqa murojaat qilib, bundan keyin qon to‘kilishi va vayrongarchilik bo‘lmasligini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti