16:01 / 15.08.2021
2 982

«Tolibon» butun Afg‘onistonni to‘liq o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi

«Tolibon» butun Afg‘onistonni to‘liq o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi
Foto: Reuters
«Tolibon» harakati Afg‘oniston hududini to‘liq o‘z nazorati ostiga olganini e’lon qildi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.
OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqqan, hokimiyat «Tolibon» harakatiga topshirilgunga qadar Afg‘onistonning sobiq ichki ishlar vaziri, Germaniyadagi sobiq elchisi Ali Ahmad Jaloliy muvaqqat hukumatni boshqarib turadi.

«Tolibon» Afg‘onistondagi ikki markaziy shaharlar Bamian va Kapisani ham egallagan. Avval AQSH Afg‘oniston hukumatining harbiylariga topshirgan Bagram aviabazasi ham harakat ixtiyoriga o‘tgan. Bagramdagi, taxminan, 5 ming nafar mahbus saqlanayotgan qamoqxona ham «Tolibon» nazoratiga o‘tgan.

Shuningdek, xabarlarga ko‘ra, yaqin fursatlarda «Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy ofisi rahbari mulla Abdul G‘ani Barodar ham Kobulga yetib kelishi kutilmoqda.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, Kobulda hokimiyatning «Tolibon» harakatiga rasman tinch yo‘l bilan topshirilishi yangi hukumatning xalqaro hamjamiyat va boshqa mamlakatlar tomonidan rasman tan olinishini osonlashtirishi mumkin.

Ashraf G‘ani, prezident administratsiyasining boshqa xodimlari Kobul aeroportida ekanligi, biroq ularga mamlakatni tark etishga ruxsat berilmayotgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo