Prezident Ashraf G‘anining Kobul xalqaro aeroportidagi plakatga tushirilgan surati
Foto: AP Photo
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’fo berdi va Tojikistonga uchib ketdi. Bu haqda Tojikistonning Asia-Plus nashri G‘ani hukumati amaldorlaridan biri Sajad Nuristoniyga tayanib xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ashraf G‘aniga uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Hamdulla Muhib va ma’muriyat rahbari Fazl Mahmud Fazliy hamrohlik qilmoqda.
Nuristoniy qayd etishicha, Tojikistondan keyin G‘ani uchinchi mamlakatga uchib ketishi kerak, ammo qaysi mamlakat ekani hozircha noma’lum.
Mamlakatda o‘tish davri hukumati rahbari majburiyatlarini Afg‘oniston sobiq ichki ishlar vaziri Ahmad Jaloliy o‘z zimmasiga oldi.
Avvalroq «Tolibon» iste’fo berishi kutilayotgan prezident Ashraf G‘anidan hokimiyatni qabul qilib olmasligini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Global Janub kimniki?