date
views 6 333

AQSH hukumati Afg‘onistondagi urush haqida haqiqatni yashirmoqda

AQSH hukumati Afg‘onistondagi urush haqida haqiqatni yashirmoqda
Foto: Anadolu Agency
AQSH hukumati so‘nggi 20 yil mobaynida Afg‘onistondagi operatsiyalari haqida jamoatchilikka noto‘g‘ri axborot berib kelgan. Bu haqda Washington Post «Afg‘oniston to‘plamlari» kitobining taqdimoti haqidagi maqolasida yozadi.

Maqola Afg‘onistondagi AQSH kampaniyasining «qorong‘i tomonlarini» yoritib beradi. Unda ta’kidlanishicha, Amerika armiyasining muvaffaqiyatlari bo‘rttirib ko‘rsatilgan va Vashington ma’muriyatining bu mamlakatdagi vaziyatga yondashuvlari noto‘g‘ri.

Nashrning yozishicha, Jorj Bush prezidentligi davridan buyon Afg‘onistonda harbiy operatsiyalar va barqarorlikni ta’minlash muvaffaqiyatli o‘tayotgani haqidagi da’volar jamoatchilikda muntazam ravishda noto‘g‘ri fikr hosil qilmoqda.

Bushdan keyin prezident bo‘lgan demokrat Barak Obama Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqishga va’da bergan, lekin qo‘llagan usullar oxir-oqibat vaziyatni yanada yomonlashtirdi, deya ta’kidlaydi Washington Post.

Nashrda AQSHning sobiq vitse-prezidenti Dik Cheynining 2007 yilda Afg‘onistondagi Bagram harbiy bazasiga yashirin tashrifi haqida ham ma’lumotlar bor. Uning tashrifi ommaviy axborot vositalarida tarqalgan va Cheyni «Tolibon» hujumidan zo‘rg‘a qutulib qolgan.

«‘Tolibon’ Bagram bazasiga hujum qilib, Afg‘onistonning janubi va sharqidagi o‘z qarorgohlaridan uzoqda ham keng ko‘lamli qurolli hujumlarni uyushtirish qobiliyatini namoyish etgan», — deyiladi maqolada.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmida Afg‘onistonda «Tolibon»ning jangovor harakatlari oqibatida 1659 tinch fuqaro halok bo‘lgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan oyda 1000 dan oshgan.

BMT, shuningdek, bugungi kunda 18 million afg‘onistonlik favqulodda gumanitar yordamga muhtojligini ta’kidlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH hukumati Afg‘onistondagi urush haqida haqiqatni yashirmoqda