19:53 / 18.08.2021
3 859

Toliblar Afg‘onistonning sobiq rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toliblar Afg‘onistonning sobiq rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Foto: Rahmat Gul/AP
«Tolibon» siyosiy ofisining Kobuldagi vakili Anas Haqqoniy va uning hamrohlari Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay (2004-2014 y.), yarashish bo‘yicha oliy kengash sobiq raisi Abdulla Abdulla va senat sobiq spikeri Fazal Hodi Muslimyor bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Muzokaralar tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Avvalroq harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohid toliblar barcha afg‘onlar ishtirok etadigan hukumat tuzish tarafdori ekanini aytgandi.

Toliblarga qarshi bo‘lgan va mamlakatni tark etgan siyosatchilar taqdiri haqidagi savolga Mujohid: «Ular xorijda yurishini istamaymiz. Bu ularning ham yurti, Afg‘oniston umumiy uyimiz, qadriyatlarimiz umumiy, dinimiz bir, millatimiz bir», deb javob berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Afg‘onistonning sobiq rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi