20:24 / 18.08.2021
4 763

Ashraf G‘ani qaysi mamlakatdan boshpana topgani ma’lum bo‘ldi

Ashraf G‘ani qaysi mamlakatdan boshpana topgani ma’lum bo‘ldi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklariga kelgan. Bu haqda BAA tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

«BAA tashqi ishlar vazirligi BAA gumanitar nuqtayi nazardan prezident Ashraf G‘ani va uning oilasini qabul qilganini tasdiqlaydi», — deyiladi vazirlik bayonotida.

15 avgust kuni toliblar Kobulni qurshab olgach, 2014 yildan buyon mamlakatga rahbarlik qilib kelgan prezident Ashraf G‘ani samolyot orqali Afg‘onistonni tark etgandi.

New York Times nashri Dohadagi muzokaralarda ishtirok etayotgan afg‘on delegatsiyasi vakillaridan biriga asoslangan holda G‘ani turmush o‘rtog‘i hamda ikki maslahatchisi bilan birga O‘zbekistonga uchganini aytgandi. Keyinroq prezidentning shaxsiy tansoqchisi Al-Jazeera telekanaliga G‘ani Toshkentga uchganini tasdiqladi.

Ammo O‘zbekiston ham, Markaziy Osiyoning yana ikki davlati Tojikiston va Qozog‘iston ham G‘ani ushbu mamlakatlardan biriga kelgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

OAVda u Ummon sultonligida bo‘lishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo