15:50 / 19.08.2021
3 381

Afg‘onistonda «Tolibon»ga qarshi kuchlar AQSH va G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berishni so‘radi

Afg‘onistonda «Tolibon»ga qarshi kuchlar AQSH va G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berishni so‘radi
Foto: «Sputnik Gruziya»
Afg‘onistonda «Tolibon» raqiblari AQSH va G‘arbga murojaat qilib, mamlakatda hokimiyatni egallab olgan jangarilarga qarshi kurashish uchun qurol-yarog‘ va aslahalar yetkazib berishni so‘radi, deb yozadi «Interfaks».

Afg‘onistonda «Tolibon» raqiblari AQSH va G‘arbga murojaat qilib, mamlakatda hokimiyatni egallab olgan jangarilarga qarshi kurashish uchun qurol-yarog‘ va aslahalar yetkazib berishni so‘radi, deb yozadi «Interfaks».

«Bizga ko‘proq qurol, ko‘proq o‘q-dori va ko‘proq aslahalar kerak. Amerika va uning demokratik ittifoqdoshlari afg‘onistonliklar bilan terrorizmga qarshi birgalikda shunchaki kurash olib bormayapti. Bizning umumiy oliy maqsad va kurashdan iborat uzoq tariximiz bor. Siz ozodlikka erishishda yordam berish uchun yana ko‘p narsa qila olasiz. Siz — bizda qolgan yagona umidsiz», — deb yozdi Ahmad Ma’sud The Washington Post gazetasiga. U ayni paytda «Tolibon» qo‘li ostiga o‘tmagan Panjsher viloyatida qarshilik kuchlariga rahbarlik qilmoqda.

Qayd etilishicha, u «Shimoliy alyans» rahbari Ahmad Shoh Ma’sudning o‘g‘li bo‘lib, u ham o‘z navbatida «Tolibon»ga qarshi chiqqan, so‘ng «Al-Qoida» tashkiloti tomonidan o‘ldirilgan edi.

Ahmad Ma’sudning so‘zlariga ko‘ra, uning otryadlariga sobiq vitse-prezident Amrulla Solihning kuchlari, «o‘z komandirlarining taslim bo‘lganidan g‘azablangan» Afg‘oniston muntazam armiyasi va Afg‘oniston maxsus kuchlari askarlari kelib qo‘shilgan.

Ma’sudning aytishicha, uning jangchilarida cheklangan miqdorda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar bo‘lib, ularni otasining davridan buyon to‘plab kelgan, «chunki mana shu kun kelishini bilgandik».

U o‘z jangchilari Panjsherni jon-jahdi bilan himoya qilishiga ishontirdi. «Lekin bu yetarli emas. Agar ‘Tolibon’ dala qo‘mondonlari hujum boshlasa, ular, albatta, biz tomonimizdan qat’iy qarshilikka uchraydi… Lekin baribir bizning qurolli kuchlarimiz va moddiy-texnika ta’minotimiz yetarli bo‘lmasligini bilamiz. Ular tez tugab qoladi, agar G‘arbdagi do‘stlarimiz zudlik bilan bizni ta’minlash usulini topmasa», — deb yozdi u va «Afg‘onistondagi do‘stlaridan ularning yonini olishni yalinib so‘radi».

Ma’sudning ta’kidlashicha, «Tolibon» harakati faqat afg‘on xalqining muammosi emas. «Tolibon» nazorati ostida Afg‘oniston, shubhasiz, terrorizm o‘chog‘iga aylanadi.

Avvalroq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih o‘zini qonuniy davlat rahbari deb e’lon qilgan, uning kuchlari Kobuldan shimolda joylashgan Parvon viloyati markazi Chorikor shahrida tumanlardan birini «Tolibon»dan olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan edi. Uning aytishicha, ayni paytda Panjsher viloyatida janglar ketmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda «Tolibon»ga qarshi kuchlar AQSH va G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berishni so‘radi