16:46 / 19.08.2021
10 414

Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga baklajkalardan yasalgan sollar yordamida suzib o‘tmoqda

Afg‘onlar O‘zbekiston hududiga baklajkalardan yasalgan sollar yordamida suzib o‘tmoqda
Afg‘onistonlik qochoqlar o‘zbek—afg‘on chegarasidan o‘tgan Amudaryoni baklashkalardan yasalgan sollarda kesib o‘tmoqda. Bu haqda «TASS» nashri Termizdagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda bir necha guruh afg‘on qochoqlari noqonuniy ravishda O‘zbekiston hududiga o‘tgan, shu bilan birga, mutaxassislar formadagi qurollangan odamlar Amudaryodan qanday suzib o‘tganiga hayron.

«Aniqlanishicha, afg‘onlar oqimi tez bo‘lgan yetarlicha chuqur daryodan suzib o‘tishda suv uchun mo‘ljallangan va yetarlicha yuk ko‘tarishga qodir bo‘sh baklashkalardan yasalgan sollardan foydalanmoqda», — deydi manba.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi arzon, samarali, yengil, ovoz chiqarmaydigan va ishonchli suzish vositasini boshqarish oson. «Sanoqli daqiqalarda daryoni suzib o‘tgan qonunbuzarlarning barchasi chegarachilarimizga taslim bo‘lgan», — deya ta’kidlaydi manba.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo