Afg‘oniston sobiq hukumati vakillarining oila a’zolari ularning qarindoshlari yo‘qolib qolgani yoki «Tolibon» jangarilari tomonidan hibsga olingani haqida aytishdi.
Tolo telekanalining xabar berishicha, xususan, toliblar Lag‘mon viloyatining sobiq gubernatori va politsiya boshlig‘ini hibsga olgan, G‘azni viloyati politsiya boshqarmasi rahbari ham bedarak yo‘qolgan.
Avvalroq The New York Times BMT hujjatiga asoslanib toliblar Afg‘onistondagi AQSH va Britaniya kuchlariga yordam berganlarni qidirish ishlarini kuchaytirgani haqida xabar qilgandi.
Gazetaning yozishicha, toliblarda «so‘roq qilish va jazolash» uchun qidirilayotganlar ro‘yxati mavjud.Shu bilan birga, avvalroq «Tolibon» vakili Zabihulla Mujohid Afg‘onistonda AQSH va uning ittifoqchilari bilan hamkorlik qilgan barcha afg‘onlar amnistiya qilinishini aytgandi.
Seshanba kuni toliblar umumiy amnistiya e’lon qildi.Toliblar vakili Alhanafiy Vardak aholini xavotirlanmaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kobul aholisining hayoti va mol-mulkiga hech narsa xavf solmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin