
Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla va Afg‘oniston sobiq prezidenti (2004-2014 y.) Hamid Karzay muzokaralar o‘tkazish uchun toliblarga taslim bo‘lmagan Panjsher viloyatiga keldi.
"Biz Panjsher viloyati ulamolari, oqsoqollari va komandirlari bilan suhbatlashdik", - deb yozdi Abdulla.

Muzokaralar tafsiloti ma’lum qilinmagan. Panjsherga borishdan oldin ular "Tolibon" rahbariyati vakillari bilan uchrashgan.
Avvalroq toliblarga qarshi koalitsiya sobiq rahbari Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud Panjsherni toliblardan himoya qilish uchun qurolli otryad to‘plaganini aytgandi.

Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng o‘zini prezident deb e’lon qilgan sobiq birinchi vitse-prezident Amrulla Solih ham Mas’udga qo‘shilgani xabar qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar