08:00 / 22.08.2021
2 866

«Tolibon» Afg‘onistondagi sikhlar va hindlarning Hindistonga evakuatsiya qilinishiga ruxsat bermadi

«Tolibon» Afg‘onistondagi sikhlar va hindlarning Hindistonga evakuatsiya qilinishiga ruxsat bermadi
Foto: AP Photo
Afg‘onistonda mamlakatni boshqarayotgan «Tolibon» 21 avgust kuni afg‘on sikhlari va hindlarining (induistlar) Kobul aeroportida Hindiston harbiy havo kuchlarining samolyotiga chiqishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Indian Express xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, ushbu guruhda afg‘on parlamentining ikki nafar deputati bo‘lgan va ular mamlakatdagi ozchilik millatlarning manfaatlarini himoya qilgan.

«Toliblar 72 nafar afg‘on sikhlari va induistlarni Hindiston harbiy havo kuchlari samolyotiga chiqishda to‘xtatgan. S-130 transport samolyoti Kobuldan 85 nafar Hindiston fuqarosi bilan birga parvoz qilgan. Uchoq Dehli yo‘lida Dushanbega qo‘ngan va u yerda yonilg‘i quyib olgan», – deb yozmoqda gazeta.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo