Tolibon harakati vakili Zabihulla Mujohid G‘arb davlatlari o‘z fuqarolari bilan birga mahalliy malakali mutaxassislarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda u The New York Times nashriga bergan intervyusida aytgan.
Mujohidning ta’kidlashicha, g‘arbliklar mamlakat ishlariga aralashmasligi va “inson resurslarini tortib olmasligi” kerak. Gap “shifokor, o‘qituvchi va boshqa kerakli kasb egalari” haqida boryapti.
“Amerikada ular idish yuvuvchi yoki oshpaz bo‘lishlari mumkin. Bu insofdan emas”, dedi Zabihulla Mujohid.
U, shuningdek, Tolibon sobiq tarjimonlar va AQSH bilan hamkorlik qilgan boshqa afg‘onlarni nishonga olmayotganiga ishontirdi. Mujohid Afg‘onistonda bu odamlarga hech narsa tahdid qilmasligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi