18:12 / 28.08.2021
2 972

Afg‘onistonni «amir-ul-mo‘minin» boshqaradi

Afg‘onistonni «amir-ul-mo‘minin» boshqaradi
«Tolibon» «inklyuziv hukumat» shakllantirmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, hukumatga mamlakatda yashovchi barcha millat va qabilalar rahbarlari, shu jumladan tojik va o‘zbek mintaqaviy yetakchilarning o‘g‘illari kiradi.

Shuningdek:
  • «amir-ul-mo‘minin» (barcha musulmonlarning yetakchisi) hukumatni, so‘ngra Afg‘oniston Islom Amirligini boshqaradi;
  • kelajakdagi hukumat shakli va vazirlar tayinlashni belgilash uchun oliy boshqaruv kengashi chaqirildi;
  • asosiy vazirliklar adliya, ichki xavfsizlik, mudofaa, tashqi ishlar, moliya, axborot va Kobul ishlari kabi sohalarda tashkil etilmoqda;
  • ayollarga turli hukumat idoralarida, avvalgi hukumat davrida bo‘lgani kabi, asosan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida ishlashga ruxsat beriladi;
  • joylarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish uchun maxsus sudlar tuziladi;
  • tovarlarni mamlakatga kirish joyidan belgilangan joyga olib borishgacha yagona tariflar joriy etiladi.

Kobulda Mulla Barodar va Tolibon asoschisi mulla Umarning o‘g‘li mulla Muhammad Yoqub hozirda hukumat tuzish bo‘yicha dastlabki maslahatlashuvlarni o‘tkazmoqda. Qayd etilishicha, AQSH hukumatga Hamid Karzay va Abdulla Abdulla kabi uning avvalgi ayrim a’zolarini kiritishni talab qilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo