BMT Panjsherdagi vaziyatni baholadi: tolibonlar «uzil-kesil zarba» bermoqchi

BMT Panjsherdagi vaziyatni baholadi: tolibonlar «uzil-kesil zarba» bermoqchi
Foto: «Tj.sputniknews.ru»
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistonning Panjsher viloyatidagi qarama-qarshi tomonlarni tinch aholi orasida talafotlarning oldini olishga chaqiradi, dedi BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik.

Brifingda Panjsherdagi vaziyatni izohlashni so‘rashganida Dyujarrik shunday dedi:
«Davom etayotgan har qanday janglar bizni juda xavotirga solmoqda — ular gumanitar vaziyatni qiyinlashtiradi, yomonlashtiradi. Bu kirish bilan bog‘liq muammolar sonini oshiradi».

«Har qanday mojaroda bo‘lgani kabi, tomonlarni aholi orasida qurbonlarning oldini olish, fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetkazmaslikka chaqirish muhim», — dedi u.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Tolibon payshanba kuni kechqurun yoki juma oqshomida Panjsher viloyatiga «uzil-kesil zarba» berishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Panjsher tolibonlar nazorat o‘rnatmagan yagona viloyat bo‘lib qolmoqda. U Kobul shimoli-sharqidagi tog‘li hududlarda joylashgan.

Payshanba kuni Al-Jazeera telekanali «Tolibon» manbasiga tayanib xabar berishicha, tolibonlar qarshiliklar yetakchisi Ahmad Ma’sud bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugaganidan so‘ng Panjsher viloyatida Afg‘oniston qarshilik fronti kuchlariga qarshi harbiy operatsiyani boshlashga qaror qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar