12:43 / 04.09.2021
2 543

AQSH «Tolibon»ga qarshi kuchlarga rasman yordam beradimi?

AQSH «Tolibon»ga qarshi kuchlarga rasman yordam beradimi?
Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi “Tolibon” harakati muxolifatlarini Afg‘onistondagi fuqarolar urushida qo‘llab-quvvatlash imkoniyati haqida so‘ralganda, AQSHning bu mamlakatdagi harbiy missiyasi yakunlandi, deb javob berdi.

«AQSHning Afg‘onistondagi harbiy missiyasi tugadi», - deb javob berdi Kirbi, amerikaliklar Panjshir darasida qurolli qarshilik ko‘rsatishni maqsad qilgan va xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘rab kelayotgan “Tolibon” raqiblarini qo‘llab-quvvatlay oladimi, degan savolga.

Shu bilan birga, u AQSHga terroristik tahdidlarning oldini olish uchun kelajakdagi operatsiyalarni aniq belgilashi mumkinligini aytgan. «Biz buni albatta qilamiz, lekin bu Afg‘onistondagi uzoq muddatli harbiy missiyadan farq qiladi», degan Pentagon vakili.

Shuningdek, «Al-Qoida» tashkiloti qarshilik kuchlariga qarshi kurashda Tolibonga qo‘shilgani aytilmoqda.
2 sentabr kuni “Tolibon” Panjshirda muxoliflariga qarshi harbiy operatsiyani boshlashga qaror qilgani xabar qilingan edi.

Bir kun oldin Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Akbar Afg‘onistonning Panjshir viloyatida «Tolibon» harakati muxoliflari oxirigacha qarshilik ko‘rsatishini aytgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo