«Tolibon» rahbari o‘rinbosari mulla Muhammad Yaqub viloyatlar gubernatorlari va politsiya rahbarlariga havoga tartibsiz o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha qat’iy topshiriq berdi. Bu haqda AfghanUrdu resursi xabar bermoqda.
«Viloyatingizda havoga o‘q uzilishining oldini oling. Hech qanday holatda havoga o‘q uzilmasligi shart! Agar viloyatingizda bunday holat yuz bersa, javobgarlikka tortilasiz», — deya Yaqubning so‘zlaridan iqtibos keltirgan AfghanUrdu.
Avvalroq The Khaama Press agentligi Afg‘onistonda Panjsher viloyati toliblar qo‘liga o‘tgani haqidagi xabardan so‘ng havoga tartibsiz o‘q uzishlar oqibatida 70 nafardan ortiq kishi yaralangani, 17 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida yozgandi.
O‘z navbatida, Panjsherdagi qarshilik kuchlari vakili Fohim Dashtiy bu xabarni rad etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarning hujumlari qaytarilgan, front vodiyga kirishdagi barcha yo‘llar ustidan nazoratni saqlab qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi